Oʻzbekistonda ilk bor 4G Cloud axborot-koʻngilochar funksiyasi yaratildi.

Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, BYD o‘zbek mijozlari uchun foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga kata e`tibor bermoqda. Olti oylik rivojlanishdan so'ng BYD o'zbek tilidagi avtomobillar uchun ma'lumot-ko'ngilochar tizimini rasman ishga tushirdi va bu butun dunyo avtomobil sanoatida o'zbek tilini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tarixda birinchi bo'ldi.

Bu tizim nafaqat oʻzbek tilida ovozli eslatmalar, yaʼni bogʻlanmagan xavfsizlik kamarlari va yopilmagan eshiklar haqida ogohlantirishlar bilan taʼminlabgina qolmay, balki asboblar panelida, axborot-koʻngilochar tizimida va Cloud xizmati ilovasida oʻzbek tilidagi displeylar bilan keng qamrovli funksiyalarni ham o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, BYD tomonidan chiqarilgan CHAZOR, SONG Plus va HAN modellari bir vaqtning o'zida doimiy yangilanishlarni qabul qila oladi. Bu yutuq, Oʻzbekiston avtomobil sanoati uchun oʻzbek tilidagi axborot-koʻngilochar tizimni oʻzida mujassamlashtirgan holda oʻzbek tilini rivojlantirish va ommalashtirishga, ayniqsa, avtomobilsozlik sohasida katta hissa qoʻshmoqda.