BYD YASHNOBOD avtoaksessuarlar to‘plamini sovg‘a qiladi

Muqaddas ramazon oyi ko‘plab insonlar uchun muhim va fayz-barakali davr hisoblanadi. Ko’plab yurtdoshlarimiz bu xayrli ishlar oyini har yil intiqlik bilan kutishadi. BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik tarmog‘i BYD AUTOZONE ning Yashnobod filiali ham ushbu oyni o‘zgacha ruhda qarshi olishga — yoqimli sovg‘alar bilan barcha mijozlarining ko‘nglini yanada ko‘tarishga qaror qildi.
BYD YASHNOBOD flagman rasmiy dilerlik markazi bo’lib, u BYD avtomobillari sotuvi, original ehtiyot qismlari va zarur avtoaksessuarlari ta’minoti, hamda sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatish bo'yicha hamkori AVTORITET avtokomplekslari tarmog’i bilan avtomobillarga tajribali va ishonchli avtoservis xizmatlarini ko’rsatadi.

Bu yil ramazonning ilk kunidan to oxirgi sanasiga qadar BYD YASHNOBOD avtomobil xaridi uchun har bir mijozga avtoaksessuarlar to’plamini tuhfa qiladi. Barakali kunlarda ezgu niyatlar bilan amalga oshirilgan xarid yoniga, aksiya vaqtida:

- avtomobil saloni uchun gilamchalar (polik); - avtomobil yukxonasi uchun gilamchalar; - avtomobilni masofadan boshqarish pulti uchun g‘ilof (chexol); - sachrashdan himoyalovchilar (brizgovik) sovg‘a sifatida taqdim etiladi.


BYD YASHNOBOD va AVTORITET avtokomplekslar tarmog’i o’z mijozlariga avtomobillarni zarur aksessuarlar bilan jihozlab, foydalanishga tayyor holatda taqdim etadilar. Bu esa o’z navbatida avtodo’konlarga borishga sarflanadigan vaqt va ortiqcha xarajatlardan saqlaydi, hamda foydali aksiyadan haqiqiy unum sezishingizga ham sababchi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu taklif BYD YASHNOBODdagi barcha avtomobil modellari uchun amal qiladi (CHAZOR, SONG PLUS, HAN, SONG PLUS CHAMPION).


Batafsil ma’lumot olish va bepul test-drayvga yozilish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99855 520 09 90.
BYD avtomobillarini foyda bilan xarid qilishga ulguring!