Kontaktlaringizni qoldiring, biz sizga qo'ng'iroq qilamiz
yoki bizga qo'ng'iroq qiling
+998 (55) 520 09 90

BYD SEALION 7

Okean qudrati. Vaqtdan o‘zib ketgan dizayn.

23 000 aylanish/daqiqa Dvigatel tezligi
150 kVt Yuqori tezlikda quvvatlash
215 km/soat Maksimal tezlik
4.5 sekund Tezlashuv 0-100 km/soat
Tashqi ko'rinish

Okean qudrati. Vaqtdan o‘zib ketgan dizayn.

SEALION 7 — bu shunchaki elektromobil emas. Bu sizning uslubingiz va hayot ritmingizni aks ettiruvchi yorqin obraz. BYD kompaniyasining bosh dizayneri Volfgang Egger rahbarligida yaratilgan ushbu elektr krossover — dengiz taassurotlari va ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan mukammal asar. SEALION 7 — har kunni to‘laqonli yashashga odatlanganlar uchun!

Ichki ko'rinish

Hissiyotlarning yangi darajasi. Qulaylikning yangi standarti.

Poygalar paytida yelkanli qayiqning harakati, tezligi va nafisligi bizni SEALION 7 salonining dizaynini yaratishga ilhomlantirdi, uning ichki bezaklari harakat, yengillik va kenglik hissini baxsh etadi. Har bir elementi go‘yoki havoda suzayotgandek, bir butun uyg‘un muhitni hosil qiladi — xuddi siz to‘lqinlar ustida sirg‘alayotgandek.

15,6-dyuymli buriladigan ekran

Innovatsion 15,6-dyuymli sensorli ekran — aylanadi, sizga moslashadi. Jo‘shqin megapolis bo‘ylab harakatlanish yoki kunning oxirida sevimli musiqani tinglash kabi har qanday vazifani u osonlikcha bajara oladi. U bilan siz har doim aloqadasiz, doim nazorat markazidasiz.

Har bir safarda qulaylik

Shahardagi har kunlik hayot, tabiat qo‘ynidagi sayohatlar yoki uzoq safarlar — bularning barchasi SEALION 7 uchun hech gap emas. Shamollatiladigan va isitiladigan old o‘rindiqlar, isitish funksiyasiga ega orqa o‘rindiqlar, haydovchi uchun bel sohasini elektr sozlash imkoniyati hamda oyoq tayanchi — bularning barchasi sizga maksimal qulaylik yaratish uchun mo‘ljallangan. Qurilmalaringiz har doim tayyor holatda turishi uchun 50 Vt quvvatli kuchli simsiz quvvatlagich ushbu suratni to‘laqonli yakunlaydi.

Birinchi teginishdanoq qulaylik

Premium darajadagi Nappa teri bilan bezatilgan o‘rindiqlardagi yumshoqlikka sho‘ng‘ing. Salonning har bir burchagi sizga rohat baxsh etish uchun yaratilgandek: 80% dan ziyod ichki yuzalar — yoqimli, nafis vegan-teri bilan qoplangan. Unga teginish nafaqat yoqimli, balki u nozik didni va har bir detalga bo‘lgan g‘amxo‘rlikni namoyon etadi.

Kayfiyatga moslangan muhit

Salon ichidagi 128 xil nur diodli yoritgichlar salon ichidagi muhitni kayfiyatingizga moslab sozlash imkonini beradi. Kun oxirida osoyishtalik va yakka qolishni istaysizmi? Yoki safar oldidan ruhingizni ko‘tarmoqchimisiz? SEALION 7 sizning kayfiyatingizni his qiladi va unga moslashadi.

Kuzov rangi

Noyob rang sxemalari

O'z uslubingizni tanlang, BYD avtomobilingizni o'ziga xos shaxsingizni aks ettiruvchi rang bilan bezang.

Variantlar va narxlar

Siz uchun mukammal versiyani tanlang

Ideal versiyangizni toping va haqiqiy BYD avtomobilingizni yarating.

Narxlar ro'yxatini yuklab olish
567KM Flagship
567 km Quvvat zaxirasi, NEDC
RWD Privod
6.7s Tezlashuv
451 100 000 so'm
Mavjud
AWD 542KM Flagship
542 km Quvvat zaxirasi, NEDC
AWD Privod
4.5s Tezlashuv
503 000 000 сум
Mavjud
«Blade» batareyasi.
Qat’iy sharoitlarda bir qator ekstremal sinovlardan o'tdi
«iTAC» tizimi.
Intelligent momentni boshqarish tizimi iTAC
«CTB» tizimi.
Blade batareyasini kuzovning o‘zida birlashtiradi
Spetsifikatsiyalar

Texnik xususiyatlari

Ularning ishlashi, xavfsizligi va innovatsiyalarini to'liq baholash uchun texnik xususiyatlarni o'rganing.

O‘lchamlari va og‘irligi
  • Uzunligi (mm): 4830
  • Eni (mm): 1925
  • Balandligi (mm): 1620
  • G‘ildirak o‘qlari oraliği (mm): 2930
  • Old/orqa g‘ildiraklar oraliği (mm): 1660
  • Klirens, (mm): 140
  • Min. burilish radiusi (m): 5.85
  • Old yukxona hajmi, l: 58
  • Orqa yukxona hajmi, l: 520-1789
Texnik xususiyatlari
  • Maksimal tezligi (km/soat): 215
  • Batareya sig‘imi (kVt·soat): 82.5
  • Batareya turi: BYD Blade Battery (LFP)
  • AC (aylanma tok) orqali maksimal quvvat bilan zaryadlash (kW): 7
  • DC (doimiy tok) orqali maksimal quvvat bilan zaryadlash (kW): 150
Tormoz tizimi va podveska
  • Old tormoz tizimi turi: ventilyatsiyali tormoz diski
  • Orqa tormoz tizimi turi: ventilyatsiyali tormoz diski
Xavfsizlik
  • Barqarorlikni nazorat qilish elektron tizimi (ESC)
  • Tormoz kuchini aqlli kuchaytirish tizimi
  • Gidravlik tormoz kuchaytirgich (HBB)
  • Gidravlik tormoz yordamchi tizim
  • Sirpanishni nazorat qilish tizimi
  • Parkovka paytida nazoratli sekinlashtirish tizimi
  • Avtomobilning dinamik barqarorligini boshqarish tizimi
  • Elektron tormoz kuchini taqsimlash tizimi
  • Qiyalikda sirg'alishga qarshi yordamchi tizim
  • Qulay to'xtash tizimi
  • Shinalardagi bosim va haroratni monitoring qilish tizimi (TMPS)
  • Haydovchi toliqqanligini eslatish tizimi
  • Avtomobil salonida yosh bola borligini aniqlash tizimi (CPD)
  • Bolalar xavfsizligi uchun elektron qulf
  • Bolalar o'rindig'i moslamasi ISO-FIX
  • Haydovchi xavfsizlik yostiqchalari
  • Old o'rindiq yo'lovchisi uchun xavfsizlik yostiqchalari
  • Old markaziy xavfsizlik yostiqchasi
  • Old va orqa o'rindiqlardagi yon xavfsizlik yostiqchalari
  • Yon xavfsizlik yostiqchalari
  • Oldindan tortiladigan va balandligi sozlanadigan old xavfsizlik kamarlar
  • Oldindan tortuvchi va kuch cheklovchi mexanizmlarga ega orqa xavfsizlik kamarlar
  • Xavfsizlik kamarlarini taqish ogohlantirish signali
  • Markaziy qulflash tizimi
  • O'g'irlikka qarshi aqlli tizim
  • Old parkovka datchiklari (2 ta)
  • Orqa parkovka datchiklari (4 ta)
  • Adaptiv kruiz kontrol
  • Yo'l chizig'idan chiqish haqida ogohlantirish tizimi
  • Favqulodda harakatlanish yo'nalishini ushlab turish tizimi (ELKA)
  • Qator markazida ushlab turish tizimi
  • Avtomatik yuqori nurli bosh chiroqlar
  • Avtomatik favqulodda tormozlash tizimi
  • Eshiklarni ochishda xavfdan ogohlantirish (DOW)
  • Yoʻl harakati belgilarini aniqlash tizimi
  • Tezlik chegarasini nazorat qilish aqqli tizimi
  • Old tomondan to'qnashuv haqida ogohlantirish tizimi (FCW)
  • Orqa tomondan to'qnashuv haqida ogohlantirish tizimi (FCW)
  • Old tomonlama kesishuvchi yo‘nalishda yaqinlashayotgan obyektdan ogohlantirish tizimi (FCTA)
  • Old yon tomondan to‘qnashuv xavfida avtomatik tormozlash tizimi (FCTB)
  • Orqa tomonlama kesishuvchi yo‘nalishda yaqinlashayotgan obyektdan ogohlantirish tizimi (RCTA)
  • Orqa yon tomondan to‘qnashuv xavfida avtomatik tormozlash tizimi (RCTB)
  • Ko‘rinmaydigan zonalar nazorati tizimi (BSM)
  • 360 atrof-muhitni kuzatish kamerasi
Aqlli salon
  • Buriluvchi markaziy ekran
  • Avtomobilga o‘rnatilgan 4G tarmog'i
  • BYD App Cloud xizmati
  • Bluetooth kalit
  • Smartfon NFC kaliti
  • Aqlli kalit va NFC kalit
  • Bluetooth
  • “Hi, BYD” iborasi orqali faollashtiriladigan to‘rt zonali aqlli ovozli boshqaruv tizimi
  • Ichki Wi-Fi nuqtasi (hotspot)
  • OTA yangilash
  • FM
  • Dynaudio® audio tizimi — dinamik bilan jihozlangan
  • Rangli interyer yoritish tizimi
Qulaylik
  • Rejalashtirilgan zaryadlash funksiyasi
  • Avtomobildan quvvat olish mumkin bo‘lgan V2L funksiyasi
  • Haydash rejimlari: Eko, Komfort, Sport, Qor
  • Old bagaj bo‘linmasi
  • Kalitsiz kirish va ishga tushirish funksiyasi
  • Issiqlik nasosi
  • Quvvatni yoqish va o‘chirish aqlli tizimi
Eksteryer
  • Panoramali tom, elektron boshqariladigan quyoshdan himoya qiluvchi parda
  • Faol boshqariladigan radiator panjara panellari
  • Yuzada tekis joylashgan yashirin eshik tutqichlari
  • Kapot uchun pnevmatik prujinali yordamchi tizim
  • Yon oynalarning yuqori qismidagi qora dekorativ qoplamalar
  • Avtomatik ochiladigan zaryadlash porti qopqog‘i
  • Elektr privodli orqa bagaj
  • Oyoq harakati bilan sensorli bagaj eshigini ochish
  • Ikki rangli quyma disklar
  • Shovqinsiz shinalar
  • 10,25" jihozlar paneli
  • Ko‘p funksiyali, charm qoplamali va isitiladigan rul g‘ildiragi
  • Mobil telefonni simsiz quvvatlash: 50 Vt
  • Old panelga o‘rnatilgan ochiluvchi stakan qo‘yish joyi
  • Orqa o‘rindiqlarning markaziy tirsak tayanchi — ikki stakan ushlagichi bilan
  • Kirish qismidagi metall eshik osti qoplamalari
  • 12V bort rozetkasi
  • 12 dyumli proyeksion Head-up displey (W-HUD)
  • Haydovchi va old yo‘lovchi uchun USB portlar (Type-A porti + Type-C porti)
  • Orqa yo‘lovchi uchun USB portlar (Type-A porti + Type-C porti)
O'rindiqlar
  • Elektr boshqaruvli, 8 holatga sozlanadigan va sozlamalarni eslab qoluvchi haydovchi o‘rindig‘i
  • 6 xil yo‘nalishli elektron sozlanadigan yo‘lovchi o‘rindig‘i
  • Old o‘rindiqlarni shamollatish va isitish
  • 4 yo‘nalishli bel tayanchi elektr bilan sozlanadigan haydovchi o‘rindig‘i
  • Elektr sozlamali oyoq tayanchiga ega haydovchi o‘rindig‘i
  • Orqa yo‘lovchilar uchun isitish funksiyasiga ega o‘rindiqlar
  • Orqa o‘rindiq suyanganadigan qismining qiyalik burchagini sozlash funksiyasi
  • 40:60 bukiladigan orqa o‘rindiqlar
Yoritish tizimi
  • LED old yoritgichlar, fara balandligini sozlash
  • Avtomobil ochilganda yoqiladigan dinamik yoritish tizimi
  • Uzoqqa yo‘naltirilgan yorug‘likni boshqarish yordamchisi
  • Follow Me Home (chiroqlarni oldindan yoqish va keyinroq o‘chirish funksiyasi)
  • LED kunduzgi yoritish chiroqlari
  • Integratsiyalashgan LED orqa chiroq
  • Dinamik yo‘nalish ko‘rsatkich chiroqlari
  • Orqa oynaning yuqori qismidagi LED to‘xtash chirog‘i
  • LED old/orqa salon chiroqlari
  • Bagaj bo‘limining LED yoritgichi
  • Bardachok ichidagi yoritish chiroqlari
  • Zaryadlash porti LED yoritgichi
Oynalar va tashqi ko‘zgular
  • Yomg‘ir datchigi bilan jihozlangan oynatozalagichlar
  • Qisilib qolishdan himoyalangan tizim bilan to‘rtta eshik oynalarini bir bosishda ko‘tarish/tushirish
  • Tashqi oynalarning elektr sozlanishi, avtomatik yig‘ilishi, isitilishi, orqaga harakatda avtomatik bukilishi va holatni eslab qolish funksiyasi
  • Qoraytiruvchi funksiyali orqa ko‘rinish ko‘zgusi
  • Orqa oynani isitish, muzlarini eritish funksiyasi
  • Old o‘rindiqlar uchun chiroqli ko‘zgu bilan jihozlangan quyosh nishablari
  • Old yon oynalar va old oynaning shovqinga qarshi izolyatsiyasi
  • Old va orqa eshiklarda issiqlikdan himoyalovchi oynalar
  • Maxsus qoraytirilgan orqa yon va orqa oynalar
Konditsioner tizimi
  • Avtomatik ikki zonali iqlim-nazorati
  • Orqa yo‘lovchilar uchun shamollatish tizimi
  • Yuqori samarali PM2.5 filtri
  • Manfiy ionli havo tozalash tizimi
Izohlar
  • Bulut tizimi birinchi faollashtirilgan kundan boshlab dastlabki 2 yil davomida oyiga 2,42 GB hajmda bepul internet-trafik taqdim etiladi. (Hozircha faqat O‘zbekistonda amal qiladi)
  • Mijozlar ehtiyojini yanada to‘liq qondirish maqsadida BYD doimiy tadqiqot olib boradi va avtomobillarini takomillashtiradi. Qozog‘iston va O‘zbekiston bozorlarida sotilayotgan ayrim jihozlanish darajalari ushbu spetsifikatsiyadagi ma’lumotlardan farq qilishi mumkin. Yakuniy texnik xususiyatlar va uskunalar haqidagi aniq ma’lumotni avtomobilning real holati va rasmiy BYD dileridan tekshirib aniqlang. O‘zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan kiritilishi mumkin.
  • Aqlli tarmoq tizimi muntazam yangilanib, yaxshilanadi. Uning funksiyalari bu spetsifikatsiyadagi tasvirlanilgandan farq qilishi mumkin. Aniqlik uchun amaldagi avtomobilga yoki tarmoq tizimining so‘nggi versiyasiga murojaat qiling. (Hozircha faqat O‘zbekistonda amal qiladi)
  • Avtomobil CLTC/NEDC sikli bo‘yicha faqat elektr tokida qancha masofa yurishi haqida: avtomobilning qancha masofa bosib o‘tishi muhandislik hisob-kitoblar orqali olingan bo‘lib, simulyatsiya qilingan qiymatlarga asoslanadi va faqat ma’lumot uchun taqdim etiladi. Haqiqiy masofa turli xil omillarga qarab o‘zgarishi mumkin, misol uchun, yo‘l va ob-havo sharoiti, haydash uslubi, transport vositasining turli qo‘shimcha tizimlaridan foydalanish, avtomobilga ortilgan yuk va boshqalar.
  • "0-100km/soat tezlashish" haqida: Tezlashish ma’lumotlari faqat tanishish uchun. Haqiqiy natijalar yo‘l va ish sharoitlari, avtomobil akkumulyatorining quvvat darajasi, yuklash shartlari, shinalar holati va boshqa turli omillar tufayli sinov natijalaridan biroz farq qilishi mumkin.
  • O‘zgartuvchan/doimiy tok bilan maksimal quvvatda quvvatlash haqida: ko‘rsatilgan qiymatlar faqat ma’lumot uchun keltirilgan. Haqiqiy maksimal quvvatlash darajasi batareya harorati, zaryad uskunasi xususiyatlari, akkumulyatorning holati va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
  • Haydovchiga yordam beruvchi tizim haydovchini to‘liq almashtira olmaydi. Iltimos, bu tizimdan foydalanishda avtomobil ustidan nazorat haydovchi tomonidan amalga oshirilishiga ishonch hosil qiling.
  • Smartfonni simsiz quvvatlash quvvati bo‘yicha ko‘rsatilgan raqamlar faqat ma’lumot uchun. Haqiqiy quvvatlash kuchi smartfon modeliga qarab farq qilishi mumkin. Ba’zi smartfon modellari 50 Vt quvvat darajasiga yetmasligi mumkin.
  • Ko‘rsatilgan texnik xususiyatlar [sana] dan boshlab amal qiladi. Barcha ma’lumotlar va tasvirlar chop etish vaqtida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgarishi mumkin. . Eng so‘nggi ma’lumotni olish uchun rasmiy  BYD dileriga murojaat qiling.
© 2024. OOO «A-AUTOZONE». Barcha huquqlar himoyalangan.