Oʻzbekistonda ilk bor 4G Cloud axborot-koʻngilochar funksiyasi yaratildi.
Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, BYD o‘zbek mijozlari uchun foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga kata e`tibor bermoqda. Olti oylik rivojlanishdan so'ng BYD o'zbek tilidagi avtomobillar uchun ma'lumot-ko'ngilochar tizimini rasman ishga tushirdi va bu butun dunyo avtomobil sanoatida o'zbek tilini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tarixda birinchi bo'ldi.

Bu tizim nafaqat oʻzbek tilida ovozli eslatmalar, yaʼni bogʻlanmagan xavfsizlik kamarlari va yopilmagan eshiklar haqida ogohlantirishlar bilan taʼminlabgina qolmay, balki asboblar panelida, axborot-koʻngilochar tizimida va Cloud xizmati ilovasida oʻzbek tilidagi displeylar bilan keng qamrovli funksiyalarni ham o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, BYD tomonidan chiqarilgan CHAZOR, SONG Plus va HAN modellari bir vaqtning o'zida doimiy yangilanishlarni qabul qila oladi. Bu yutuq, Oʻzbekiston avtomobil sanoati uchun oʻzbek tilidagi axborot-koʻngilochar tizimni oʻzida mujassamlashtirgan holda oʻzbek tilini rivojlantirish va ommalashtirishga, ayniqsa, avtomobilsozlik sohasida katta hissa qoʻshmoqda.
Biz sizning savollaringizga javob berishga, kerakli ma'lumotlarni taqdim etishga va sizga yuqori sifatli xizmat ko'rsatishga tayyormiz.
*yuborish tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz
Server bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin, qayta urinib ko'ring yoki bizga qo'ng'iroq qiling.