BYD AUTOZONE Abozor bilan hamkorlikda Trade-in dasturini ishga tushirdi
O‘zbekistondagi BYD AUTOZONE rasmiy dileri Abozor bilan birgalikda qulay almashtirish shartlari va qo‘shimcha bonuslar taqdim etuvchi Trade-in dasturini yo‘lga qo‘ydi. Dasturdan Lunacharskiy, Yashnobod va Mirobod filiallarida foydalanish mumkin.

Trade-in dasturini samarali amalga oshirish maqsadida BYD AUTOZONE kompaniyasi avtomobillarni ishonchli va shaffof baholashni ta’minlovchi Abozor bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Trade-in dasturi: u qanday ishlaydi

BYD AUTOZONE va Abozorning Trade-in dasturi avtomobilni yangilash jarayonini eng qulay va shaffof tarzda amalga oshiradi. BYD AUTOZONE mijozlari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

        1. O‘z avtomobillarini 20 daqiqa ichida dastlabki diagnostikadan o‘tkazish. Qiymatini baholash esa Abozorning dolzarb bozor ma’lumotlariga asoslanib amalga oshiriladi.

        1. Sedanlar, krossoverlar va elektromobillarni o‘z ichiga olgan keng assortimentdan yangi BYD modelini tanlash.

        1. Eski avtomobil qiymatini yangi xarid hisobiga kiritish.

      Dasturda ishtirok etayotgan barcha avtomobillar sinchkovlik bilan tekshiriladi, bitim jarayoni esa foydali va iloji boricha aniq shartlar asosida olib boriladi.
Avtomobilni yangilashdan yangi qulaylik va afzalliklarni kashf etish uchun BYD AUTOZONE’ning Trade-in dasturiga qo‘shilishingiz tavsiya etamiz. Orzuingiz sari ilk qadamni bugunoq qo‘ying!

BYD AUTOZONE filiallari manzillari:

BYD Lunacharskiy: Toshkent shahri, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 299-uy.
BYD Yashnobod: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 79-uy.
BYD Mirobod: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 48-uy.
BYD Farg‘ona: Farg‘ona shahri, Kichik halqa ko‘chasi, 6 G-uy.
BYD Chimgan Mall kapsulali formatda: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy.
 
Telefon: (+998) 55−520−09−90.
 
Telegram: t.me/byd_autozone
Instagram: @byd.autozone
Biz sizning savollaringizga javob berishga, kerakli ma'lumotlarni taqdim etishga va sizga yuqori sifatli xizmat ko'rsatishga tayyormiz.
*yuborish tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz
Server bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin, qayta urinib ko'ring yoki bizga qo'ng'iroq qiling.